$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Prokuror o‘rinbosari favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi

Vazir

Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqdagi qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar qildi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

U prokuror o‘rinbosari bo‘lgan

Botir Qudratxo‘jayev 2022-yilning noyabridan buyon bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bungacha 2020-yildan Xorazm viloyati prokurori, 2017-yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2016−2017-yillarda Toshkent shahri prokurori, 2014−2016-yillarda Surxondaryo viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.

FVVning avvalgi rahbari bu lavozimga 2022-yil mart oyida tayinlangan Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev edi.

Теги :
Jamiyat