$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Tuqqan ona emas, boqqan ona(mi?)

Vasiylik

Onalik hissi makon, zamon tanlamaydi. Afsuski, bugungi kunda bu ne’matdan bebahra qolayotganlar ham ko‘p uchrab turibdi. Oddiygina misol, yaqinda o‘tkazilgan reyd tadbirida 4 ta ona o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan payt qo‘lga tushgan. Undan tashqari, o‘tgan yili ona tomonidan farzandini kaltaklash holatlari ko‘p uchragan edi.

Mentalitetmi yoki huquqiy ong?

Bolalar nimjon, onasini yaxshi ko‘radi, unga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shu bilan birga bizda bolalarda huquqiy ong yoshligidan rivojlantirilmaydi, afsuski. Jabr ko‘rgan bola shikoyatini nari borsa otasiga yoki qaysidir yaqiniga aytadi. Bu narsalarni ko‘chaga olib chiqish esa bizni yurtda afsuski sharmandali holat. Sababi so‘ralganda esa, mentalitetga yo‘yishadi. Afsuski, mentalitet degan tushuncha ortidan bir bolaning huquqlari hamda bolaligi poymol bo‘lmoqda.

Achinarlisi, kimlardir farzand ko‘rolmay yurgan paytda, buyoqda qaysidir “ona”lar o‘z farzandlarini urib mayib qilmoqda yoki uni pullash bilan ovora. Lekin, bugungi kunda bu masalalar ancha ochiqlanyapti. Qayerdadir bolalar huquqi poymol bo‘lsa buning oldi olinmoqda. Shuningdek, uning huquqlari tiklanyapti. Shu kabi masalalardan biri kecha Bolalar ombudsmanida ko‘rildi.

1 yildan buyon onamdan alohida yashayapman…

Unga ko‘ra, Bolalar ombudsmanining kotibiyatga Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. boladan murojaat kelgan. Murojaatda aytilishicha, M.M.ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan bo‘lib, shu sababli bola 2023-yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. Shuningdek, M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilinganligini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan.

Vasiylik buvisiga o‘tkazildi

Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oila ijtimoiy vaziyati o‘rganilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. va singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.

Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rilishi aytilgan.

Vasiylik qonunchilikda

O‘zbekiston qonunchiligiga qaraydigan bo‘lsak, vasiylik masalasi ota-onasi tirik bo‘lgan taqdirda ularning bo‘ynida bo‘ladi. Lekin, farzand voyaga yetmaguncha ota-onasidan mahrum bo‘lsa, uning yaqinlarini xohishi bilan vasiylik ular zimmasiga o‘tadi. Shuningdek, qonunchilikda vasiylikni amalga oshirish uchun ham bir qancha talablar qo‘yilgan. Unga ko‘ra, bolaga vasiy shaxs xoh ota-ona bo‘lsin, xoh yaqinlari uning moddiy va ma’naviy ta’minotini, ta’lim, tarbiyasini o‘z zimmasiga oladi. Agar, vasiylikda belgilangan talablar to’la qonli amalga oshirilmasa, sud hukmi bilan muomala layoqati cheklangan deb topilib, vasiylik bekor qilinadi. Undan keyin vasiylik ko‘ngilli, agar ko‘ngilli bo‘lmasa davlat qarmog‘iga olinadi.

Теги :
Jamiyat