Milliy vaqt shkalasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Metrologiya instituti O‘zbekiston milliy vaqt shkalasini (UTC (UZ) hosil qilishga vakolatli etib belgilandi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida Vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Milliy vaqt shkalasidan respublikaning aniq vaqti sifati foydalaniladi
Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi (UTC (UZ) joriy etiladi va undan O‘zbekiston Respublikasining aniq vaqti sifatida foydalaniladi;
Vaqt xizmatining faoliyatini samarali tashkil etishga Agentlikning “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi mas’ul hisoblanadi;
Metrologiya instituti Muvofiqlashtirilgan universal vaqtni (UTC) shakllantirishda ishtirok etadi va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasini (UTC (UZ) hosil qilishga vakolatli etib belgilanadi.
Vaqt va chastota xizmati
Metrologiya instituti tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Vaqt va chastota xizmati
Vaqt xizmatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi nizom ishlab chiqib, tasdiqlanadi.
Aniq vaqtni Vaqt xizmatidan olish hamda uni manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarga uzatish davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi.



