$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo‘shnilarning valyutalari mustahkamlanmoqda. Biznikichi?

Summa

Soʻnggi 7 yilda Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston valyutalarining mustahkamlanishi kuzatilgan boʻlsa, oʻzbek soʻmi esa aksincha qadrsizlandi.

7 yildir oʻzbek soʻmi qadrsizlanishda davom etmoqda


Oxirgi 2018-yildan buyon kuzatilayotgan tendensiyalar kelib chiqilsa, ayniqsa, tashqi omillar ta’siri kuchli bo‘lgan 2020 (pandemiya) va 2022 yilda (urush) o‘zbek so‘mining qadrsizlanishi qo‘shnilar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston valyutalari bilan sinxron tarzda yuz bergan edi.

21-martdan keyingi koʻrsatkichlar

Lekin 2024-yilning Navro‘zidan keyingi kunlarda o‘zbek so‘mi bir tarafga, qozoq tengesi, qirg‘iz somi va tojik somoniysi esa boshqa tomonga qarab harakatlanmoqda.

Qoʻshnilarda nima gap?

Qozog‘istonda dollarning rasmiy kursi 451,27 tengedan 446,78 tengegacha tushdi.

Qirg‘izistonda dollarning rasmiy kursi 89,51 somdan 89,33 somgacha pasaydi.

Tojikistonda, hatto qardoshlarimizda migrantlar bilan bog‘liq noxush voqealar yuz berganiga qaramay, dollar kursi 10,9575dan 10,9508gacha arzonlashdi.

Qadrsiz valyuta

O‘zbekistonda esa shu davrda dollar kursi 12 561,87 so‘mdan 12 685,08 so‘mgacha ko‘tarildi.

Munosabat

Iqtisodchi Bakiroo oʻzbek soʻmini qadrsizlanishiga ichki omillarni sabab qilib koʻrsatdi.

"Ya’ni, ertaga qandaydir tashqi omillar, noaniqliklar haqida narrativlar paydo bo‘lsa, bu g‘irt yolg‘on bo‘ladi, sabablarni mutlaqo ichki omillardan izlashimiz kerak" - deydi Otabek Bakirov

Теги :
Iqtisodiyot