$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Mehnat migrantlari uchun Kanadadan yaxshi yangilik

Canada

Kanada oʻzbekistonliklarga 5000 bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda. Ish haqi soatiga 12,5 AQSh dollaridan 30 AQSH dollarigacha.

5 ming bosh ish oʻrni

Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Kanadalik ish beruvchilar Oʻzbekiston fuqarolari uchun 5 ming boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilayotganini xabar qildi.

Boʻsh ish oʻrinlari qaysi kasblar boʻyicha?

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Shundan dastlab qurilish sohasida:

− duradgor;

− payvandchi;

− elektrik;

− santexnik;

− betonchi;

− oynachi;

− tom yopuvchi;

− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;

− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Soatiga 12,5 dan 30 AQSH dollargacha

Migrantlarga ish haqi soatiga 12,5 AQSH dollardan 30 AQSH dollargacha deya xabar berdi agentlik.

Qoʻyilgan talablar

Kanadalik ish beruvchilar mehnat migrantlaridan quyidagilarni talab qilmoqda:

1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi

2. ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilishi,

3. qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom 

4. Xorijga chiqish pasporti nusxasi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3-fevral kuni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alam Xemson uchrashgandi. Uchrashuvda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi.

Теги :
Jamiyat