$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoda vabo epidemiyasi yana avj olmoqda. Oʻzbekistonda vaziyat qanday?

vabo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda dunyo bo‘ylab vabo epidemiyasining tarqalish xavfi yuqori, deb baholandi.

709 mingga yaqin bemor ro‘yxatga olingan

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili sayyoramizda ushbu kasallikni yuqtirgan 709 mingga yaqin bemor ro‘yxatga olingan. Ulardan 4,3 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Eng yomoni, hali yoz mavsumi yaqinlashmay turib, yana o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda.  

1 oyda 41 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi

Xususan, joriy yil yanvar oyida 17 mamlakatda qariyb 41 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi. Bemorlardan 775 nafari xastalik qurboniga aylandi.  

Epidemiya oʻchoqlari qayerda?

Yangi epidemiya o‘choqlari Afrika, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalarida aniqlangan. Ayniqsa, Zambiya va Zimbabve mamlakatlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi.  

Oʻzbekistondagi vaziyat

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar sanalgan o‘lat, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi singari vabo kasalligining ham respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalishining oldi olinmoqda.

Vabo oʻzi qanday kasallik?

Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. 

Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.