Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +10°

Uzcard’da to‘lovlar bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi ikki baravar oshadi

Ma’lumotiga ko‘ra, SMS-xabarnoma xizmatlari tariflari 2019-yil iyulidan buyon o‘zgarmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Uzcard’da to‘lovlar bo‘yicha SMS-xabarnoma narxi ikki baravar oshadi

Uzcard milliy to‘lov tizimida SMS-xabarnoma xizmatini taqdim etuvchi Play Mobile kompaniyasi tariflar oshirilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati 5-fevral kuni xabar berdi.

Qaysi aloqa operatorlari uchun?

1-martdan boshlab Beeline, Humans, Perfectum, Ucell, Mobiuz va UzMobile operatorlari abonentlari uchun 5800 raqamidan keladigan har bir SMS narxi ikki baravar, 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mgacha oshadi.

Tariflar 2019-yildan beri o‘zgarmagan

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, SMS-xabarnoma xizmatlari tariflari 2019-yil iyulidan buyon o‘zgarmagan. Shu vaqt mobaynida SMS-trafik hajmi 75 foizga oshib, dasturiy-apparat majmuasini saqlash xarajatlari sezilarli darajada ko‘paygan.

Play Mobile kompaniyasi xizmatlar tannarxiga ta’sir ko‘rsatayotgan “tashqi iqtisodiy omillarning sezilarli o‘sishi”ni ham tariflarni oshirish sabablaridan biri sifatida ta’kidladi.