$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekistonlik” filmining 5 epizodi qahramoni — Harvardning ilk o‘zbek fan doktori

u 5 24

Kuni kecha barcha vatandoshlarimizni birdek quvontirgan yangilik chiqdi — O‘zbekistonlik Botir Qobilov jahonga mashhur Harvard universitetida fan doktori ilmiy darajasiga erishdi. Bu bilan Botir Qobilov bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Botir Qobilov o‘zining iqtisodiyotga oid chiqishlari, fikrlari va intervyulari bilan ko‘pchilik yurtdoshlarimizga yaxshi tanish hisoblanadi. O‘tgan yilgi Prezidentimizning AQSHga tashrifi doirasida u yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan bo‘lgan uchrashuvda ham prezidentimizga o‘zining bir qator takliflarini bildirgan edi.

Shuningdek, Botir Qobilov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi platformalarida ham O‘zbekiston va jahon iqtisodiyotiga oid o‘zining fikrlari, qarashlari va yangiliklarini muntazam ulashib boradi.

Endi esa ushbu muvaffaqiyatli millatdoshimiz Uzbekistan’s Club jamoasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va Muxlisa Azizova rejissyorligida suratga olinadigan “O‘zbekistonlik” turkum hujjatli filmining 5-epizodi qahramoniga aylandi!