Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +6°

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi

U o‘yin maydonchasidagi bolalarga zo‘ravonlik qilishda gumon qilinmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi

Rossiyaning Leningrad viloyatida bolalarga zo‘ravonlik qilishda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda REN TV xabar berdi.

Zo‘ravon erkak ustidan arz qilishdi

19-sentyabr kuni Toksovo qishlog‘ida yashovchi 46 yoshli fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, katta yoshdagi erkak bolalar maydonchasida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.

Erkak saqlash izolyatoriga joylashtirildi

Huquq-tartibot organlari gumonlanuvchini qo‘lga oldilar. U hech qayerda ishlamaydigan, 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Erkak politsiya bo‘limiga olib ketildi va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.