Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri Varshava–Toshkent yo‘nalishida aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Bu haqda Polsha tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bilan bo‘lgan uchrashuvda ta‘kirlab o‘tildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri Varshava–Toshkent yo‘nalishida aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Marek Pravda bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.

Ushrashuv tavsiloti

Suhbat davomida O'zbekiston-Polsha munosabatlarini yana-da mustahkamlash va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Tomonlarning barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi. Shu bilan birga joriy yilga rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston–Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig'ilishiga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan fikr almashildi.

Vakolatxona hamda aviareys masalasi

Shuningdek, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentda vakolatxonasini ochish bilan bog'liq masalalarga e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda shu yilning 13-mart kuni Varshava–Toshkent–Varshava yo'nalishi bo'yicha yo'lga qo'yiladigan birinchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovining muhim ahamiyati ta'kidlandi.