Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

O‘zbekiston Qozog‘istonga qancha suv beradi?

Bu haqidagi ma’lumotlarni Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov taqdim etdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘istonga qancha suv beradi?

Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov Qizilo‘rda viloyati fermerlari bilan uchrashuvda O‘zbekistondan Qozog‘istonga Sirdaryo bo‘ylab mart oyida soniyasiga 800 kub metr suv oqib o‘tishini ma’lum qildi.

O'zbekiston majburiyatlarini bajarib ulgurgan

Vazirning ta’kidlashicha, ko‘rsatilgan suv hajmi joriy yilning fevral va mart oylarida Qozog‘istonga kelishi kerak. Fevral oyida O‘zbekiston tomoni o‘z majburiyatlarini bajardi, shu bois bu ko‘rsatkichlar mart oyida ham davom etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston bo‘ylab 57 ta suv ombori qurilishi rejalashtirilgan, shundan 20 tasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi tomonidan quriladi. 

Xususan, Qizilo‘rda viloyatidagi Qorao‘zak suv ombori qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda. Unga ko'ra, loyiha bo‘yicha qurilish ishlari shu yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan. 

133 ta gidrotexnika inshooti qayta ta'mirlanadi

Shuningdek, 133 ta gidrotexnika inshooti va 14 ming kilometrdan ortiq sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash rejalashtirilgan. Qizilo‘rdada Avstraliya kompaniyasi bilan hamkorlikda sug‘orish kanallarini modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bir oy ichida yakunlanishi kerak. Keyin u Qozog‘iston suv xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

O'zbekiston-Qirg'iziston aloqalari

Bundan tashqari, yaqinda Qirg'iziston hukumati mamlakatdan O'zbekiston va Qozog'iston qancha suv olishi va uning uchun qancha pul to'lashi haqida ma'lumotlarni ochiqlagan edi. Unga ko'ra, O'zbekiston Qirg'izistondan o'tuvchi daryo, kanallar uchun qo'shni davlatga 280 ming AQSH dollar to'lashi ma'lum bo'lgan. Hukumat bu pullarni qo'shni davlatga oqib o'tuvchi suv yo'lida qurilgan gidroinshootlarni ta'mirlash uchun sarflashini aytgan edi.