$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto Motors avtomobillarining yangi narxlari e’lon qilindi

uz avto

Davomi: UzAuto Motors avtomobillarning yangilangan narxlarini e’lon qildi


UzAuto Motors ommabop avtomobillar uchun shartnomalarni yangilaganini ma’lum qilgandi. Kompaniya vakili “Daryo”ga avtomobil narxlari necha foizga oshganini ma’lum qildi.Unga ko‘ra, Lacetti (Gentra) — 12 foizga, Damas, Spark, Cobalt, Nexia-3 — 10 foizga ko‘tarilgan.

Shundan kelib chiqib avtomobillarning yangi narxlari quyidagicha bo‘ladi:

  • Spark 4-pozitsiya — 104 million 95 ming so‘m
  • Gentra 1-pozitsiya — 128 million 284 ming so‘m.
  • Gentra 3-pozitsiya — 153 million 506 ming so‘m.
  • Nexia-3 AT/plus — 119 million 921 ming so‘m.
  • Cobalt AT/plus — 125 million 795 ming so‘m.

Avtosalonlar oshgan narxlarda shartnoma berishni 3-martdan boshladi.Kompaniya vakili dastlab Malibu va Tracker avtomobillari narxlari o‘zgarishsiz qolganini ma’lum qilgandi, keyinroq kompaniya saytida ushbu avtomobillarning narxlari ham oshirilgani ma’lum qilindi.

reklama xuqiqi asosida