“Damas”ga onlayn qilish shartnoma boshlanmoqda
Mashinalar narxi yana oshirilyaptimi? Onlayn platforma avvalgi safardagi kabi “qotibÏ qolsa, qanday chora ko‘rish mumkin?!
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto “Damas” avtomobiliga onlayn kontraktatsiya ochilishini e’lon qildi.
Shartnomachilarga eslatma
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov belgilangan muddatga qadar amalga oshirilmasa, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, muntazam kontraktatsiyaga qayta qoʻyib boriladi.
Qachon ochiladi?
Xaridorlarga Damas modeli uchun avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan hajmlar yana qayta taqdim etiladi. 23-aprel kuni soat 10:00 da mazkur hajm uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.
Narx masalasi
UzAuto avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, “Damas” avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.



