Sotilmayotgan Chevrolet Tracker va Onix narxlari yana arzonladi
UzAuto Motors joriy yilning 15-sentyabrida Onix va Tracker uchun chegirmalarni to'xtatgan edi. Konstitutsiya bayrami va Yangi yil arafasida Onix uchun chegirma 19 million so‘mga, Tracker uchun esa 29 million so‘mga yetdi.
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors joriy yilning 15-sentyabrida Onix va Tracker uchun chegirmalarni to'xtatgan edi. 5-dekabrdan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun yana chegirmalar amal qila boshlaydi.
Chegirma miqdori
Unga ko‘ra:
Chevrolet Onix uchun chegirma 19 mln. so‘mgacha oshirildi (avvalgi chegirmada 15 mln. so‘m edi);
Chevrolet Tracker uchun chegirma 29 mln. so‘mgacha ko‘tarildi (avvalgisida 22 mln. so‘m edi).
Aksiyalar 8-dekabr – Konstitutsiya kuni va Yangi yil arafasida tashkil qilingan bo‘lib, faqat cheklangan miqdordagi avtomobil uchun amal qiladi.
Avtomobillar haqida
Chevrolet Onix va Tracker O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan modellardan biri hisoblanadi. Ular 2023-yilda UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avlod platformalarida yaratilgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan beri ushbu modellar bo‘yicha 40 mingdan ortiq buyurtma ro‘yxatga olingan.



