$
 12357.09
-56.7
 14330.52
-137.75
 153.49
-1.37
weather
+26
Кечаси   +14°

“Uzbekistan Airports”ning bodi-kameralari xaridi 4,3 milliard so‘mlik bo‘lgan

Uzbekistan Airports

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha 6,8 milliard so‘mlik xizmatlar yuzasidan rasmiy izoh berdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va davlat xaridlarining belgilangan tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilgan.

Unga ko‘ra, tenderning barcha bosqichlari – tender hujjatlarini e’lon qilishdan boshlab takliflarni baholashgacha – amaldagi me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilgan. Xarid paytida tender komissiyasi ishtirokchilarning affillanganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan.

Sharnomaning asl summasi kamroq

Ma’lum bo‘lishicha, yakuniy shartnoma summasi 4,3 mlrd. (QQS bilan) so‘mni tashkil etgan. Nashrlarda ko‘rsatilgan 6,8 milliard so‘m to‘plangan tijorat takliflarining o‘rtacha qiymati sifatida belgilangan boshlang‘ich narx bo‘lgan. Takliflarni to‘plash uzairports.com rasmiy veb-saytidagi e’lon orqali amalga oshirilgan.

Afillanganlik masalasi

Tanlov va baholash davomida ishtirokchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlanmagan. Xabarlarda ko‘rsatilgan uchinchi kompaniya tenderda ishtirok etmagan va faqat zaxira g‘olibi bilan umumiy ro‘yxatdan o‘tish manziliga ega bo‘lgan. Manzil bo‘yicha joylashgan binoning o‘zi turli tashkilotlar tomonidan ofis maydonini ijaraga olish uchun mo‘ljallangan. Qonunchilik bir xil manzilda bir nechta kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlamaydi, shuning uchun komissiya g‘olibni yoki zaxira g‘olibni diskvalifikatsiya qilish uchun asosga ega bo‘lmagan.

Shuningdek, ayrim kompaniyalarning o‘zaro bog‘liqligi fakti barcha jarayonlar tugallangandan va natijalar tasdiqlanganidan keyin aniqlangan. Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi taqdimnomasi va “Uzbekistan Airports” kompaniyasi qaroriga ko‘ra, xaridlar natijalari haqiqiy emas deb topildi va tender natijalari bekor qilindi.

Qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomalari ijro etish uchun majburiy hisoblanadi. Shu munosabat bilan xarid komissiyasi tanlov natijalarini bekor qilishga qaror qildi.

Jarayonda barcha tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin edi

Mazkur tender etender.uzex.uz ochiq elektron platformasida o‘tkazildi va barcha manfaatdor tadbirkorlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) teng shartlarda ishtirok etishlari mumkin edi. Hujjatlar 10.07.2025 dan 17.07.2025 gacha qabul qilindi. Belgilangan muddat tugagach, tenderda qatnashish yuzasidan ikkita taklif kelib tushdi. Tanlov eng past narx usuli bo‘yicha o‘tkazilganligi sababli eng past narxga ega bo‘lgan kompaniya avtomatik tarzda g‘olib deb topildi.

Теги :
Jamiyat