O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar soni ochiqlandi
Ularning 92 foiziga boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat koʻrsatilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Respublikada ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingga yetgan bo‘lib, ularning 92 foiziga 821 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari
2024-yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd. so‘m mablag‘lari hisobidan 2 888 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari yakunlandi.
Shundan, 934 ta uyning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yo‘laklarida, 1085 ta uyning yerto‘la va uy ichki muhandislik- kommunikatsiyalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Xavfsizlik tizimi
“Kirish yo‘laklariga 270 ta kodli temir eshiklar o‘rnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchi “shit”lar joriy va mukammal ta’mirlandi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq 2024-yilning yanvar-iyul oylarida o‘zbekistonliklar uy-joylarni taʼmirlashga jami 2 trln. so‘m ishlatganini haqida ma’lumot bergan edik.



