$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Oyliklar oshdi, plan boʻlsa bajarildi, faqat…

Uy-joy Foto: Gazeta.uz

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, uy-joylarning asosiy (fundamental) qiymati va bozor qiymati o‘rtasidagi tafovut yil boshidagi 17 foizdan hozir 4 foizgacha qisqargan. Bozordagi taklif ortgan, spekulyativ talab esa kamaygan — bu esa vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermoqda.

Qurilish sur’atlari oshdi, narxlar tushdi

Yarim yillikda qurilish hajmi 137,6 trillion so‘mni (+72 %) tashkil etdi. Shu fonda uy-joy narxlari pasaydi: so‘mda 4,9 %, dollarda esa 6,2 % ga. Ijara stavkalari o‘sish sur’ati sekinlashdi — bu esa investitsion qiziqishning pasayayotganidan dalolat beradi.

Daromadlar uy-joy narxlaridan tezroq o‘smoqda

2021-yildan beri ilk bor ish haqlari ko‘chmas mulk narxlaridan tezroq o‘sdi. O‘rtacha oylik 17 foizga oshdi, uy-joy xarid qilish imkoniyatini ko‘rsatuvchi indeks esa –0,3 % gacha kamaydi. Bu esa xaridorlar imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Yuqori talab saqlanib qolmoqda

Yarim yillikda 177,5 mingta bitim (+11 %) rasmiylashtirilgan, ularning har oltinchisi ipoteka orqali amalga oshirilgan. O‘rtacha kredit miqdori 300 million so‘m atrofida, foiz stavkalari 19,2 % gacha tushgan, muddati esa 17,2 yilgacha uzaygan. 

Теги :
Jamiyat