$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistondagi uylar soni va eng qimmat uyning narxi qancha?

uy

O‘zbekistonda qancha uy borligi va ularning hududlarga ko'ra narxlari ma'lum bo'ldi. Eng qimmat uy Poytaxtda joylashgan bo‘lib, u 51 xonadan iborat. 

O‘zbekistonda qariyb 7,5 millionta uy (kvartira) bor 

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni qariyb 7,5 mln tani tashkil etgan. Agentlik axborotidan ma’lumki, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 % ga oshgan. 

O‘zbekistondagi eng qimmat uy 

Ma’lum bo‘lishicha, Mamlakatdagi eng qimmat uy Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li yaqinida joylashgan bo‘lib, u 51 xonadan iborat. Ushbu hovli bundan bir yil muqaddam kimoshdi savdosida 32 mlrd. 619 mln. so‘mga “Mob Group” kompaniyasiga sotilgan. Savdo ma’lumotida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravon ko‘chasi -50 uy, Mirzo Ulug‘bek tumani, Zaytun ko‘chasi 70-uy hududidan bugungi kunda bitta uy sifatida foydalanib kelinayotgani bois, har ikki uy bitta uy-joy sifatida va undagi mol-mulklar bilan birga elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilayotgani ta’kidlangan. 

Uy haqida 

Lot izohida yozilishicha, 2017-yilda qurilgan 1 va 2 qavatli binolar jami 51 xonadan iborat. 0,52 gektar maydonda joylashgan uyning umumiy maydoni 2052,88 kvadrat metrni tashkil etadi. Shuningdek, hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. 2022-yil boshida ilk bor auksionga qo‘yilgan ko‘chmas mulk obyekti narxi qimmatligi uchun bir yil muddat sotilmay qolgan.

Hududlar kesimida narxlash 

Bundan bir yil muqaddam Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning II choragi uchun Olx.uz platformasida taklif etilayotgan uy-joy narxlarini hududlar (115 ta hudud) bo‘yicha guruhlab chiqqan edi. II chorak davomida hududlar bo‘yicha 432 893 ta ma’lumot to‘planib, ular interaktiv veb sahifa ko‘rinishiga keltirilgan. Shundan so'ng, viloyatlar bo‘yicha uy-joyning har bir kvadrat metri uchun narxlar 10 guruhga ajratilgan. Narxlar eng arzon hududlar birinchi guruhga (har bir kvadrat metr uchun 390 dollardan), eng qimmatlari esa o‘ninchi guruhga kiritiladi (bu guruhda uy-joyning har bir kvadrat metri uchun 1251,69 dollargacha kuzatilgan). Har bir guruh 86,15 dollarlik narx oralig‘ini ifodalaydi. 

Eng qimmat va arzon uylar qaysi hududda?

2023-yilning II choragida hududlar orasida eng yuqori o‘rtacha narx Toshkent shahrida qayd etiladi, ya’ni 1251,69 AQSH dollari. Shu bois u narx segmentatsiyasi bo‘yicha eng yuqori 10-guruhga kiritiladi. Samarqand shahri (753,03 AQSH dollari) narx segmentatsiya bo‘yicha 6-guruhdan o‘rin oladi. O‘rtacha narxlar pastroq bo‘lgan Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 2-guruhdan joy oladi. Respublika bo‘yicha eng minimal narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.