$
 12020.48
4.52
 14048.33
-3.13
 158.77
-1.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar 2025-yilda uy xaridi uchun 21,2 trln soʻm kredit oldi

Uy-joy Foto: Gazeta.uz

Oʻzbekiston aholisiga 2025-yilda jami 21,2 trln soʻm (bir yil oldingidan 4,1 trln soʻmga koʻp) ipoteka kreditlari ajratilgan. Natijada fuqarolarning banklardan uy-joy boʻyicha umumiy qarzdorligi 79,4 trln soʻmga yetgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Birlamchi uylar ulushi yuqori

Tahlilga koʻra, oʻtgan yili olingan kreditlarning 72 foiziga birlamchi uylar xarid qilingan.

Jami ipoteka kreditlari qoldigʻining 81 foizi davlat tomonidan, qolgan qismi banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan berilgan.

Oʻtgan yili davlat kreditlarni yillik 18 foizgacha, banklar esa 23,4 foizgacha stavkada ajratgan. Natijada umumiy ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha yillik oʻrtacha foiz stavkasi 21 foiz darajasida shakllangan.

Qaysi hududda qarzdorlar koʻp?

Hududlar kesimida ajratilgan ipoteka kreditlarining yuqori ulushi Toshkent shahri (32 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga, Andijon (7 foiz), Fargʻona (7 foiz) viloyatlarida nisbatan koʻproq qarz ajratilgan. Nisbatan kam ulush esa Sirdaryo (2 foiz) va Jizzax (3 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Jami ipoteka kreditlari qoldigʻining 22 foizi 50 foizdan yuqori miqdordagi dastlabki badal toʻlab olingan. Qarz qoldigʻining 29 foizi 20 foizgacha birinchi badal hisobiga jalb qilingan.

2025-yilda 20,5 ming kishiga subsidiya asosida 6,2 trln soʻm ipoteka kreditlari ajratgan. Subsidiya bilan birga kredit olganlarning umumiy ipoteka qarzlaridagi ulushi 29 foizga yegan.

Subsidiya asosida xabarnomasi asosida berilgan kreditlar tarkibida yuqori ulushlar Andijon (13 foiz), Samarqand (12 foiz) va Fargʻona (12 foiz) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ikkilamchi bozor

Oʻtgan yili banklar oʻz hisobidan fuqarolarga 5,4 trln soʻm ipoteka kreditlari ajratgan. Bu 2024-yilga nisbatan 616 mlrd soʻmga kam. Banklar oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarining 68 foizi (3,65 trln soʻm) ikkilamchi bozordan, 32 foizi esa (1, 7 trln soʻm) birlamchi bozordan xonadonlar sotib olishga yoʻnaltirilgan.

Tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarining 5,2 foizi 5 yilgacha muddatga, 46,6 foizi 6 –10 yilgacha muddatga, 18,7 foizi 11 –15 yilgacha muddatga hamda 29,5 foizi 16 –20 yilgacha muddatga taqdim etilgan.

Теги :
Jamiyat