$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Joriy yilda hududlarda 135 ming kvartirali uy-joylar quriladi

uy

24-fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati joriy yilda sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ma’lum qildi.

Uy-joy qurish uchun Markaziy bankdan kreditlar beriladi

Rejaga muvofiq, joriy yilda hududlarda jami 8,1 million kvadrat metrdan iborat bo‘lgan 135 ming kvartirali uy-joylarni quriladi.

Jumladan:

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida – 28 ming 219 xonadonli;

“Renovatsiya hududlarida” – 20 ming xonadonli;

“Yangi Toshkent” hududida – 15 ming xonadonli;

Uy-joyga talab yuqori boshqa hududlarda – 71 ming 781 xonadonli uylar barpo etish belgilandi.

Shuningdek, uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trillion so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratilmoqda.

Ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat byudjetidan 700 milliard so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish maqsad qilingan.

Ushbu qurilish tashkilotlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko‘pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

2025-yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

2025-yil 1-maydan boshlab “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarida qatnashish, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi.

Yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik, qurilish ishlarini boshlashga esa 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko‘rsatib o‘tiladi.

Shuningdek, mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi – buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash, buzilayotgan obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish.

Qolaversa, renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etishi ham mumkin bo‘ladi.

Qurilish vazirligiga yuklangan vazifalar

Farmon bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga quyidagi muhim topshiriqlar ham yuklandi:

2025-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida, tajriba tariqasida, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish va arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish jarayonlarini birlashtirish hamda buning hisobiga ushbu ishlar uchun talab etiladigan vaqtni 2 baravarga qisqartirish;

tajriba natijalaridan kelib chiqib, mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy qilish;

ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkasini realizatsiya qilishdan boshlab undan foydalanishga ruxsatnoma berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oluvchi raqamli platformani test rejimida ishga tushirish;

2025-yil 1-mayga qadar “yashil” standartlar asosida qurilgan uy-joylarni baholash va sertifikatlash tizimini joriy etish.Umuman olganda, ushbu muhim hujjat odamlarning mulk huquqini himoya qilishni yanada kuchaytirish, uy-joylar bilan ta’minlashni rivojlantirish kabi maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.