$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi bogʻcha tarbiyachilari ham vazir jamgʻarmasidan ustama olishi mumkin

ustama

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin

Qarorga ko‘ra, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.

Qoʻshimcha haq toʻlash tartibi

Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga beriladi.

Bundan tashqari, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

Теги :
Jamiyat