$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek tili fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lanadi

o‘qituvchil

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘z Telegram sahifasida maktablardagi o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lab berilishini ma’lum qildi.

50 foizlik qo‘shimcha ustama

Vazirga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (davlat tili) fani bo‘yicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur yangilik Prezident tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida ham belgilab qo‘yilgan.

Теги :
Jamiyat