$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘iston prezidenti: Rossiya harbiy jihatdan yengilmas

Kasim-Jomart Tokayev

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Germaniya kansleri bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainadagi harbiy mojaro haqida gapirdi. 

Urushning davom etishi og‘ir oqibatlarga olib keladi

Qo‘shni davlat prezidenti dastlab shimoliy qo‘shnisiga ta’rif berar ekan, Rossiyaning harbiy jihatdan yengilmas ekanligiga urg‘u berdi. Uning ta’kidlashicha, urushning yanada avj olishi butun insoniyat va birinchi navbatda, Rossiya-Ukraina mojarosida bevosita ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar uchun tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Afsuski, Istanbul bitimini tuzishdan bosh tortish bilan hech bo‘lmaganda sulhga erishish uchun yaxshi imkoniyat yo‘qoldi, deb qo‘shimcha qiladi u. Tokayevning ta’biricha tinchlikka erishish imkoniyati hali ham mavjud. 

Tinchlik tashabbusi

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar harbiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qilishlari va boshqa davlatlar taklif qilayotgan tashabbuslarga e’tibor qaratishlari kerak. 

Biz turli davlatlarning barcha tinchlik tashabbuslarini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishimiz va harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida bir qarorga kelishimiz, so‘ngra hududiy masalalarni muhokama qilishga o‘tishimiz kerak. Bizningcha, Xitoy va Braziliya o‘rtasidagi tinchlik rejasi qo‘llab-quvvatlashga loyiq.

O‘zaro hamkorlik

Shuningdek, u gap orasida Rossiya bilan hamkorlik muhimligini ham eslatib o‘tdi.

Davlat rahbarlari kelib-ketadi, lekin xalqlar, ayniqsa, qo‘shni xalqlar tinch va o‘zaro hamjihatlikda yashashi kerak. Qozog‘iston Rossiya bilan dunyodagi eng uzun quruqlik chegarasiga ega bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasidagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Qozog‘istonda ular Ukraina xalqiga va uning o‘ziga xos madaniyatiga chin dildan hamdardlik bilan qarashadi. Davlatlarimiz o‘rtasida hech qachon kelishmovchilik bo‘lmagan. Kiyevda Qozog‘iston elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, — deya xulosa qildi prezident.