Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

66 nafar o‘zbekistonlik Rossiya-Ukraina urushida halok bo‘ldi

📍 BBC rus xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan 66 kishi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli urushida Rossiya tarafida qatnashib halok bo‘lgan.

2 daqiqa o‘qiladi

66 nafar o‘zbekistonlik Rossiya-Ukraina urushida halok bo‘ldi

📍 BBC rus xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan 66 kishi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli urushida Rossiya tarafida qatnashib halok bo‘lgan.

– Ushbu hisob-kitoblarni “Mediazona” nashri va ko‘ngillilar jamoasi birgalikda tayyorlagan.

– 118,139 nafar Rossiya harbiysining ismlari aniqlangan, ular orasida 28 ta mamlakat fuqarolari bor.

– Ushbu fuqarolar shartnomani imzolash paytida Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan va o‘limi ochiq manbalar (rasmiylar xabarlari, qarindoshlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari yoki qabrlarning fotosuratlari) asosida tasdiqlangan chet el fuqarolaridir.

– Nomma-nom ro‘yxatni tuzishda Ukraina tomoni ma’lumotlari va G‘arb razvedka nashrlaridan foydalanilmagan.

🇰🇵 Shimoliy Koreya haqida:

– Chet elliklar orasida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha katta ehtimol bilan KXDR yetakchilik qilmoqda.

– Rasmiy Pxenyan o‘z yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqda, shuning uchun Shimoliy Koreyadan birorta halok bo‘lgan odamning ismini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

– Janubiy Koreya razvedkasining aprel oyidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, frontda 600 ga yaqin shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan.

🌍 Fuqarolari Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan Top 5 davlat:

  1. Tojikiston — 72
  2. Nepal — 70
  3. O‘zbekiston — 66
  4. Gruziya (Janubiy Osetiya va Abxaziya qo‘shib hisoblangan) — 63
  5. Ukraina — 54

🇰🇬 Qirg‘izistondan — 34 kishi

🇰🇿 Qozog‘istondan — 24 kishi

🇹🇲 Turkmanistondan — 8 kishi

⚔️ Xususiy harbiy kompaniyasi “Vagner” bilan aloqalar:

– Tojikistondan 43 nafar va O‘zbekistondan 46 nafar shaxs qamoq jazosini “nollashtirishga” uringan, ular aksariyat hollarda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan.