$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

turist

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishda turizm, logistika, raqamlashtirish va turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Turistlar uchun raqamli xizmatlar va elektron viza joriy etiladi

Davlat rahbari O‘zbekistonda xizmatlar sohasini raqamlashtirish darajasi raqobatbardoshlikni oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shu bois, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklariga O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish tizimini yaratish topshirildi.

Shuningdek, Turizm qo‘mitasi turistlar uchun qulay elektron platforma yaratishi lozim. U orqali:

Mehmonxonalar va dam olish maskanlarini bron qilish

Avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish

Muzey, teatr va boshqa madaniy ob’yektlarga onlayn bilet xarid qilish

Gid va tarjimonlarni masofadan turib yollash imkoni yaratiladi.

Shu bilan birga, Transport vazirligi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishni tezlashtirishi kerak.

Prezident raqamlashtirish jarayonini kechiktirayotgan rahbarlarni ochiqlik siyosatiga qarshi chiqqan deb hisoblashini va ularning mas’uliyati oshirilishini qat’iy ta’kidladi.

“Umra plyus”: Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun yangi turpaket

Turizm xizmatlari eksporti o‘tgan yili 3,5 milliard dollar bo‘lgani qayd etildi, biroq bu raqam hali mavjud salohiyatga to‘liq mos emas.

Prezidentning ta’kidlashicha, Malayziya va Indoneziyada 7 millionga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari bor. Ular Umra ziyoratiga borishdan oldin Samarqand va Buxoro ziyoratgohlariga tashrif buyurish istagini bildirgan. Shu bois, O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi joriy qilinadi, unga ko‘ra:

Kuala-Lumpur va Jakartadan sayyohlar Samarqand va Buxoroga kamida 2 kunlik ziyoratga keladi. Keyin ular O‘zbekiston aviakompaniyalari orqali Umra ziyoratiga yuboriladi. Bu tashrif davomida mehmonlar uchun zamonaviy mehmonxonalar, logistika va servis xizmatlari takomillashtiriladi.

Shu maqsadda, mutasaddilarga Indoneziya va Malayziya ziyoratchilariga mo‘ljallangan maxsus tashrif dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Turistik obyektlarda yirik madaniy tadbirlar o‘tkaziladi

Turizm sohasini rivojlantirish uchun mavjud turistik hududlarning faoliyatini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 Shahrisabzda “Oqsaroy”,

 Xivada “Ichan qal’a”,

 Buxoroda “Labi Hovuz”,

 Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” maydoni kabi asosiy turistik markazlarda konsertlar, ko‘rgazmalar va forumlar tashkil etish rejalashtirilmagani tanqid qilindi.

Prezident ushbu joylarda xalqaro darajadagi madaniy tadbirlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish orqali mehmonxonalar, restoranlar va savdo ob’yektlarini to‘ldirish mumkinligini ta’kidladi. Shu maqsadda, kamida 1 million turistni jalb etadigan konsert, biznes forumi va ko‘rgazmalar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Tarixiy obyektlarni tiklash va sayyohlik salohiyatini oshirish

O‘zbekistonda hali to‘liq o‘rganilmagan tarixiy ob’yektlar juda ko‘p ekani e’tirof etildi. Shu bois, olimlar ishtirokida tarixiy va madaniy meros ob’yektlarini aniqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.

Теги :
Jamiyat