Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +10°

Bugun O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin

Bugun O‘zbekiston U-20 terma jamoasi chorak finalda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin g‘olibi Chilida bo‘lib o‘tadgan U-20 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

1 daqiqa o‘qiladi

U-20 terma jamoa

Xitoy mamlakatida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi U-20 o‘zining qizg‘in pallasiga yaqin turibdi. Bugundan boshlab musobaqaning pley-off bosqichi start oladi.

JCh yo'llanmasi “tikilgan” o'yin

Bugun, 23-fevral kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi chorak finalda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv g‘olibi Chilida bo‘lib o‘tadin U-20 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da “Yoshlar futbol bazasi” 1 maydonida start oladi. Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi D guruhi g‘olibi hisoblanadi. Ushbu guruhda ikkinchi o‘rinni qayd etgan Yaponiya yoshlari bugun Eronga qarshi JCH yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi. 

Ma'lumot uchun, Musobaqaning C guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya va Yamanni mag‘lub etish evaziga muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgandi. O‘zbekiston (6) Eronga (9) mag‘lub bo‘lib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab ushbu bosqichga yetib keldi.