$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
Agro

Yangi DXX raisi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

Bahodir Qurbonov

Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar qildi.

Muvofiqlik tekshiruvi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida assotsiatsiya Saylov kodeksi va ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi.

O‘FAning yangi prezidenti

Assotsiatsiya ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi.

Assotsiatsiya ustavi va saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.

Abdusalom Azizovning ketishi

Ma’lumot uchun, assotsiatsiyaning sobiq prezidenti Abdusalom Azizov noyabr oyida DXX raisi lavozimidan ozod etilib, prezidentning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgach, futbol tashkiloti rahbarligidan ham ketgandi. Uning o‘rniga Ravshan Ermatov O‘FA rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Bahodir Qurbonov esa 2024-yil 22-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi.

Теги :
Jamiyat