$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?

UFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yakunlanib borayotgan 2024-yilgi futbol mavsumida “O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi” bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligini ma’lum qildi.

O‘tkir Yusupov

O‘zbekiston terma jamoasi va "Fulad" klubi posboni O‘tkir Yusupov 2024-yilgi futbol mavsumida "O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi" bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligidan o‘rin oldi. 33 yoshli posbon joriy mavsum Eron Pro Ligasida 10 ta o‘yin o‘tkazdi va 5 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Yana bir statistika, Ya mavsumda “Navbahor” darvozasiga 9 ta o‘yinda raqiblar to‘p kirita olishmagan. Ushbu muvaffaqiyatda jamoaning sobiq darvozaboni O‘tkir Yusupovning ham hissasi bor. Bundan tashqari, darvozabon noyabr oyi yakuniga ko‘ra Seyv foizi bo‘yicha Osiyoda 3-sikl saralashida top darvozabonlar qatorida yetakchi bo‘lgan.

Abbos Fayzullayev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev joriy yil Osiyo qit’asida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 6 million yevro narx belgilagan. Ko‘p ehtimol, uning qiymati bugun, 12-dekabr kuni yana ortadi. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. Shuningdek, u o‘z klubi va milliy terma jamoamiz safida ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

19-летний игрок сборной по футболу Узбекистана Абдукодир Хусанов подписал  контракт с ФК «Ланс» — Uzbekistan News | DARYO.UZ

Abduqodir Husanov

Avvalroq Germaniyaning Transfermarkt portali Fransiya chempionatida faoli yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangilagan edi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanovning transfer bahosi 5 million yevrodan 12 million yevroga ko‘tarilgan. O‘zbekistonlik 20 yosh himoyachining transfer qiymati 7 mln yevroga oshib, u bu borada "Lans"ning narxi eng ko‘p oshgan o‘yinchisi bo‘ldi. H Abbosbek Fayzullayev (6 mln yevro) va Eldor Shomurodovni (5 mln yevro) or qoldirib, O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi. O‘zbekistonlik markaziy himoya vakili o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan yoshlikdan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Belarusdagi “Energetik-BGU” Minsk klubidagi o‘yinlari sabab 2023-yil yozida “RK Lans” uni atigi 100 000 yevro evaziga transfer qildi. “Liga 1”dagi dastlabki o‘yinlari ehtiyotkor o‘tgan bo‘lsa-da, u tez orada asosiy tarkibdagi muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Ilk mavsumidayoq 15 ta o‘yinda maydonda harakatlana oldi. Futbolchimiz “RK Lans”ning himoya markazidagi Kevin Dansoning vorisi sifatida ko‘rilyapti. 1,86 metr bo‘yi va 84 kilogramm vazni bilan u nafaqat duellarda ishonchli, balki hujumchilarga qarshi tezkorligi bilan ham ajralib turadi.

Теги :
Jamiyat