$
 11902.30
20.7
 13780.48
31.09
 152.18
1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tuya goʻshti yegan” loyiha: O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning daromadi deklaratsiyasi bo‘yicha qonun tayyorlangani aytilmoqda

Tuya go

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlari va mulkini deklaratsiya qilish, shuningdek korrupsiya holatlarini fosh etuvchi informatorlarni himoya qilishga doir qonun loyihalari ishlab chiqilganini ma’lum qildi. XVJ missiyasi bayonotida qayd etilishicha, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani va qolgan ikki hujjatning parlament muhokamasiga tayyorlanayotgani ijobiy qadam sifatida baholangan.

Hujjat tayyorgarlik bosqichida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati esa bu qonun loyihalari hali rasman kiritilmaganini ta’kidladi. Bu esa hujjatlar hozircha tayyorgarlik bosqichida ekanini anglatadi.

Loyiha 2024-yil aprelda parlamentga kiritilishi kerak edi

Eslatib oʻtamiz, XVJ 2024-yil may oyida hukumatga mansabdorlar daromadlari deklaratsiyasi va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonunlarni tez fursatda qabul qilishni tavsiya qilgan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev mart oyidagi korrupsiyaga qarshi milliy kengash yig‘ilishida deklaratsiya joriy qilish vaqti kelganini bildirdi va bu borada jamoatchilik nazorati muhim ekanini ta’kidladi. U mas’ul idoralarga qonun loyihasini jamoat muhokamasiga chiqarish va 1-aprelga qadar parlamentga kiritish vazifasini topshirgan edi.

Noqonuniy boyish uchun javobgarlik 

Prezident, shuningdek, noqonuniy boyish uchun javobgarlik belgilash zarurligini aytgan. Taklifga ko‘ra, mansabdor shaxs o‘z rasmiy daromadiga mos kelmaydigan mulkka egaligi oshkor bo‘lsa, uning kelib chiqish manbasini o‘zi isbotlashi lozim bo‘ladi. 

Aprel oyida Sh.Mirziyoyev davlat xizmatchilari daromadi va mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni may oxiriga qadar tayyorlashni vazifa qilgan, hujjatda deklaratsiyalarni to‘ldirish tartibi va ularni tekshirish mexanizmlari aniq yoritilishi kerakligi qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat