$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

"Xalq cho'ntagi"ga qaysi soha ko'proq tushum olib keldi?

Tushum

Soliq qo'mitasi 2023-yil uchun sohalar kesimida budjetga qancha mablag' soliq to'langanini ma'lum qildi. Tushumlarni sohalar kesimida alohida ko'rib chiqamiz.

Qurilish korxonalari 

Ma'lumotga ko'ra, qurilish korxonalari budjetga 2023-yilda 8 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 848 ta yuridik shaxs tomonidan 8,4 trln. so‘m soliq to‘langan. Shundan 1 trln. so‘mdan ortig‘i, ya’ni 12 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 13,2 trln. so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 69,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS - 548,4 mlrd. so‘m; 

foyda solig'i - 151,5 mlrd. so‘m; 

JShODS - 127,8 mlrd. so‘m; 

ijtimoiy soliq - 119 mlrd. so‘m;

yer solig‘i - 26,6 mlrd. so‘m;

mol-mulk solig‘i - 24,4 mlrd. so‘m; 

boshqa soliqlar - 10,9 mlrd. so‘m. 

Ishlab chiqarish faoliyati

2023-yilda ishlab chiqaruvchilar 41 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 67 322 ta yuridik shaxs tomonidan 41,6 trln. so‘mga yaqin soliq to‘langan. Shundan 18,9 trln. so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 162,5 trln. so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,5 trln. so‘mdan oshgan. Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS - 6,5 trln. so‘m; 

aksiz solig'i - 3,7 trln. so‘m;

yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 2,1 trln. so‘m;

foyda solig'i - 1,9 trln. so‘m; 

JShODS - 1 trln. so‘m;

ijtimoiy soliq - 921,7 mlrd. so‘m;

mol-mulk solig‘i - 642,3 mlrd. so‘m;

yer solig‘i - 343,2 mlrd. so‘m;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 110,6 mlrd. so‘m;

boshqa soliqlar - 1,5 trln. so‘m.

Qiziqarlisi, ushbu ro'yxatga "NKMK" va "OKMK" AJlar kiritilmagan.

Xizmat ko‘rsatish korxonalari 

Xizmat ko‘rsatish korxonalari 2023-yilda 27 trln. so‘mdan ziyod soliq to‘lagan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 166 938 ta yuridik shaxs tomonidan 27,5 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 4,8 trln. so‘mdan ortig‘i, ya’ni 17,7 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 55 trln. so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 3,7 trln. so‘mni tashkil etgan. Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS – 1,1 trln. so‘m; 

aksiz solig'i - 941,2 mlrd. so‘m;

JShODS - 878,3 mlrd. so‘m;

ijtimoiy soliq - 765,5 mlrd. so‘m;

foyda solig'i – 675,5 mlrd. so‘m; 

mol-mulk solig‘i - 80 mlrd. so‘m;

yer solig‘i - 64,7 mlrd. so‘m;

boshqa soliqlar - 323,4 mlrd. so‘m.

Savdo sohasidagi korxonalar 

Savdo sohasidagi korxonalar tomonidan budjetga 2023-yilda 20,3 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 151 340 ta yuridik shaxs tomonidan 20,3 trln. so‘mga yaqin soliq to‘langan. Shundan 1,8 trln. so‘mi, ya’ni 8,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 42,9 trln. so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 759,1 mlrd. so‘mga yetgan. Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS – 641,4 mlrd. so‘m; 

foyda solig'i – 430,9 mlrd. so‘m; 

JShODS - 269 mlrd. so‘m;

aksiz solig‘i - 233,9 mlrd. so‘m;

ijtimoiy soliq - 123,3 mlrd. so‘m;

mol-mulk solig‘i - 23,4 mlrd. so‘m;

yer solig‘i - 12,2 mlrd. so‘m;

boshqa soliqlar - 45,1 mlrd. so‘m.

Umumiy ovqatlanish korxonalari

2023-yilda umumiy ovqatlanish korxonalari 999 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 378 ta yuridik shaxs tomonidan 999,4 mlrd. so‘m soliq to‘langan. Shundan 170,7 mlrd. so‘mi, ya’ni 17,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln. so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 26,3 mlrd. so‘m. Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS – 74,4 mlrd. so‘m; 

Foyda solig'i – 51,6 mlrd. so‘m; 

JShODS - 33,5 mlrd. so‘m;

Boshqa soliqlar - 11,2 mlrd. so‘m.

O‘rta tadbirkorlik subyektlari 

O‘rta tadbirkorlik subyektlari 2023-yilda 18 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. 2023-yil yanvar-dekabr oylarida 16 082 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 18,6 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 563,3 mlrd. so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,4 trln. so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 29,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

aksiz solig'i - 195 mlrd. so‘m;

QQS – 150,8 mlrd. so‘m; 

foyda solig'i – 82,8 mlrd. so‘m; 

JShODS - 47,3 mlrd. so‘m;

ijtimoiy soliq - 47,1 mlrd. so‘m;

boshqa soliqlar - 40,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Теги :
Iqtisodiyot