$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka”larda naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tilganidan so‘ng tushum qanchaga oshdi?

Zapravka

O‘zbekistondagi AYOQSHlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishi natijasida aprel oyining dastlabki ikki kunida tushum hajmi oshdi. Bu Markaziy bank ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Kunlik tushum

Mart oyida yonilg‘i quyish shoxobchalarining o‘rtacha kunlik tushumi 102,6 mlrd so‘mni (shundan naqd pul — 58,1%, naqd pulsiz — 41,9%) tashkil etgan bo‘lsa, 1-aprel kuni bu ko‘rsatkich 93,2 mlrd so‘m, 2-aprelda esa 152,6 mlrd so‘mga yetdi.

Hozirgi vaqtda naqd pulsiz to‘lovlarning qariyb 90 foizi amaldagi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan qismi esa QR to‘lovlar, Uzcard to‘lov operatorining Moment kartalari hamda ATTO va Paynet kompaniyalarining yonilg‘i kartalari orqali amalga oshirilmoqda.

To‘lov usullari bo‘yicha taqsimot:

  • QR kodlar: 1-aprel — 8,2 mlrd so‘m, 2-aprel — 7,7 mlrd so‘m;
  • Moment kartalari: 1-aprel — 1,6 mlrd so‘m, 2-aprel — 3,6 mlrd so‘m;
  • Yonilg‘i kartalari: 1-aprel — 2,4 mlrd so‘m, 2-aprel — 2,5 mlrd so‘m;
  • Bank kartalari: 1-aprel — 80,9 mlrd so‘m, 2-aprel — 138,6 mlrd so‘m.

Markaziy bankning qayd etishicha, banklar va to‘lov tashkilotlari keshbek dasturlari hamda naqd pulsiz to‘lovlar uchun yangi vositalarni faol joriy etmoqda, shuningdek, turli aksiyalar o‘tkazmoqda.

Теги :
Jamiyat