$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda soliq va bojxona tushumlari 10 foizdan ko‘proqqa oshdi

tushum

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari har oyda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyatini kompleks tahlil qilib boradi. Kompleks yondashuv iqtisodiyotning turli sohalaridagi tadbirkorlik faoliyatini mintaqaviy darajada tahlil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari va qonuniyatlarni baholash, shuningdek, respublikaning har bir hududining iqtisodiy dinamikasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkonini beradi.

Soliq tushumlari 15 foizga o‘sdi

Monitoring natijalariga ko‘ra, oktyabr oyida soliq tushumlari 2023-yilning shu davriga nisbatan 15,0 foizga o‘sish bilan ijobiy dinamikani ko‘rsatdi, bu esa tadbirkorlik faoliyatini barqarorligidan dalolat beradi. Soliq tushumlarining hududiy dinamikasini tahlil qilish natijasida quyidagi tendensiyalar aniqlandi. Surxondaryo viloyatida soliq tushumlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish qayd etildi — 15,4 foiz. Xorazm, Andijon va Samarqand viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi — mos ravishda 12,1 foiz, 11,2 foiz va 11,1 foiz. Eng katta o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, 18,9 foizni tashkil etdi.

Soliq tushumlari bo‘yicha tahlilda daromad solig‘i 18,2 foizga oshgan, bu esa aholi bandligi va daromadlarining oshganini ko‘rsatadi. Mulk solig‘i 38,9 foizga, yer solig‘i esa 26,3 foizga oshdi.

Bojxona to‘lovlari va eksport bilan bog‘liq vaziyat

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 10,4 foizga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Qashqadaryo viloyatida qayd etildi va 120 foizdan oshdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham sezilarli o‘sish kuzatildi — 60 foizdan ortiq. Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘sish qariyb 50 foizni tashkil etdi.

Bojxona tushumlarining o‘sishi bir qator asosiy tovar yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotlar importi hajmining o‘sishi bilan bog‘liq. Metall va metall buyumlar, elektr jihozlari va uning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat mahsulotlari, neft va neft mahsulotlari, farmasevtika mahsulotlari, shuningdek, tabiiy gaz toifalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Tovarlar eksporti yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga o‘sdi. Eksportning sezilarli o‘sishi Navoiy — 49,1 %, Xorazm — 38,1 % va Qashqadaryo — 26,9 % viloyatlarida kuzatildi.

Qancha yangi tadbirkorlik subyekti ochildi?

Tahlil qilinayotgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 10,2 foizga oshdi. Kreditlashning eng katta o‘sishi Toshkent — 15,9%, Qashqadaryo — 13,9%, Farg‘ona — 10,4%, viloyatlari va Toshkent shahrida — 20,5% qayd etildi.

Shuningdek, 66 870 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan, ularning eng ko‘pi Xorazm (5 940), Toshkent (5 834), Samarqand (5 566), Farg‘ona (5 267) viloyatlarida va Toshkent (14 119) shahrida ro‘yxatga olingan.

Теги :
Iqtisodiyot