$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini o‘rganamiz” turpaketining konsepsiyasi ishlab chiqildi

elektromobil

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini o‘rganamiz” turpaketining konsepsiyasini ishlab chiqdi.

Talabga javob bermaydigan moddiy-madaniy meros obyektlari va muzeylar

 Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida Surxondaryo viloyatining ahamiyati juda katta. O‘zbekiston Respublikasi moddiy-madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiruvchi 561 ta obyekt va 8 ta muzey shu yerda joylashgan, lekin shunga qaramay viloyatga kelayotgan sayyohlar soni mavjud salohiyatga mos emas.

 Surxondaryo viloyatida joylashgan muzeylarga bir yilda o‘rtacha 86,3 ming sayyoh keladi. Agar qiyoslaydigan bo'lsak, bu ko‘rsatkich Samarqandda 1855,9 ming kishini, Buxoroda 704,5 ming kishini, Xorazmda 431,8 ming kishini tashkil etishini ko'rish mumkin.

Muzey, san’at galereyalari, tarixiy obidalarga sayohat qilishning foydasi

 Annals of Tourism Research ilmiy jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, o‘quvchilarning muzey, san’at galereyalari, tarixiy obidalarga sayohat qilishi ularning “o‘qish” bo‘yicha umumiy balini o‘rtacha 2,65 ga oshiradi, sport tadbirlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi matematika bo‘yicha balini o‘rtacha 1,67 ga oshiradi.

Tadqiqotlardan kelib chiqib, “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini o‘rganamiz” turistik paketi konsepsiyasini yaratish orqali 6-sinf o‘quvchilarini Surxondaryo viloyatiga potensial sayyohlar sifatida jalb qilish taklif etiladi. 

1039 nafar respondent ishtirok etgan soʻrovnoma

Konsepsiya doirasida 2024-yilning fevral-mart oylarida Surxondaryodagi turistik obyektlar va mavjud infratuzilma to‘g‘risida so‘rov o‘tkazildi va unda 1039 nafar respondent ishtirok etdi. So‘rov natijasi quyidagicha bo'ldi:

- respondentlarning 84 foizi Surxondaryodagi turistik obyektlar haqida tasavvurga ega;

- 66 foizi oila a'zolari bilan sayohat qilishni ma'qul ko'radi;

- 54 foizi ziyorat turizmini, 47 foizi esa madaniy turizmni afzal ko‘radi;

- so'rov qatnashchilarining 44 foizi farzandi maktab jamoasi bilan Surxondaryoga sayohat qilishiga rozi.

 "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini o‘rganamiz" turistik paketi xarajatlari

" Shu bilan birga Surxondaryodagi turizm infratuzilmasi bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:

- respondentlarning 39 foizi umumiy ovqatlanish joylari, transport va mehmonxona topishning osonligi, turar joylarning xavfsizligini o‘rtachadan yuqori;

- 32,2 foizi transport xarajatlari va sayohat davomida suv ta’minotidan qoniqish darajasini o‘rtacha;

- 51,1 foizi avtomobil yo‘llarining sifati, sayohat davomida sanitariya punktlari, turistik xaritalar, axborotlar, diqqatga sazovor joylar haqida onlayn ma’lumotlarning mavjud emasligi hamda sayohat davomida internetga ulanish sifatini qoniqarsiz, deb baholagan.

 "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini o‘rganamiz" turistik paketining ikki va uch kunlik xarajatlari hisoblab chiqildi. Unga ko'ra, 2 kunlik turpaket narxi 730 ming so'mni, 3 kunlik turpaket narxi esa 934 ming so'mni tashkil etadi. 

Теги :
Jamiyat