$
 12220.98
-54.6
 14495.30
-96.68
 158.38
-0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Har uch soniyada bir qiz erta turmush qurboni bo‘lyapti

erta turmush

Dunyo bo‘yicha har besh qizdan biri 18 yoshga yetmasdan oldin rasmiy yoki norasmiy nikohlanadi. Ma’lum qilinishicha, butun dunyo bo‘ylab bugungi kunga qadar taxminan 640 million qiz voyaga yetmasdanoq turmush qurgan. Har yili 12 million o‘smir qiz 18 yoshga yetmasdan turmushga chiqadi. Bu esa har 3 soniyada bir o‘smir qiz nikohlanadi degani. Eng ko‘p holat esa Janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida uchraydi.

Markaziy Osiyodagi vaziyat 

“Child marriage data portal” Markaziy Osiyoda 1999-yilda bu ko‘rsatkich 13 foiz bo‘lgan va 2024-yilda 6 foizga tushganini keltirib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1997-yildan 2022-yilgacha 15 yoshgacha turmush qurganlar soni 48,5 ming, 18 yoshgacha turmush qurganlar soni esa 1,1 million nafarni tashkil etgan. Viloyatlar orasida esa eng ko‘p kuzatilgan holat Samarqandda 3 foiz, Andijonda 2 foiz, Farg‘onada 1 foiz va Qoraqalpog‘istonda 0,8 foiz qayd etilgan.

Shuningdek, BMT Aholi jamg‘armasi global miqyosda bolalar nikohi asta-sekin kamayayotganini ma’lum qilgan. 2000-yilda 20–24 yoshdagi ayollarning uchdan biri voyaga yetmay turmush qurganini aytgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich beshdan birga tushgan. 15 yoshgacha turmushga chiqish darajasi ham pasayib, 2000-yilda 11 foizdan 2021-yilda 5 foizga yetgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 25 yil ichida 68 million bolalar nikohini oldini olishga erishilgan.

Теги :
Jamiyat