$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Turkmanistonda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi ustidan nazorat keskin kuchaytirilmoqda

Turkmaniston

Turkmanistonda fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishi ustidan nazorat keskin kuchaytirildi. Buning natijasida minglab odamlar chegarani kesib o‘tishda asossiz cheklovlarga duch kelishmoqda. Pasportdagi shtamp yoki hujjatlardagi muammolar kabi bahonalar bilan rasmiylar reyslarga chiqishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Turkiya va Rossiyaga yo‘l olgan yo‘lovchilarning 40 foizi hech qanday izohlarsiz parvozga qo‘yilmagan. 

Rasmiylar xavotiri

Yuqorida keltirilgan muammolar yetmaganidek, mamlakat fuqarolari jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga ham duch kelishmoqda. Rasmiylar migratsiyaning kuchayishi va fuqarolarning mamlakatni butunlay tark etishidan xavotirlanishadi. Cheklovlarning kuchayishi korrupsiyaning kuchayishi, noqonuniy emigratsiya yo‘llari sonining ko‘payishi va hatto amaldagi rejimga sodiq aholi orasida ham hokimiyatga ishonchning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Xorijdagi yig‘inlarning bekor qilinishi

Avvalroq mamlakat futbol bo‘yicha mahalliy jamoalar hamda Turkmaniston milliy terma jamoasiga tushuntirishsiz va rasmiy izohlarsiz xorijda yig‘in o‘tkazish uchun ruxsat bermagan edi. Turkmaniston milliy terma jamoasi 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida 15—25-noyabr kunlari BAAdagi yig‘inga borishi kerak edi, biroq yig‘gin rasmiy sababsiz bekor bo‘ldi. Qiziqarlisi, UEFA ham Turkmaniston rahbariyatiga futbolchilarni qo‘yib yuborish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Теги :
Jamiyat