Turkiya Ukrainaga o‘z kuchlarini yuborishi mumkin
Rajab Erdo‘g‘on fevral oyi boshida Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bu masalani muhokama qilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Ukraina mojarosi hal etilsa, o‘z qo‘shinlarini tinchlikparvar sifatida Ukrainaga yuborishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib.
Erdo‘g‘an bu masalani ikki davlat prezidenti bilan ham muhokama qilgan
Agentlik manbalariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Rajab Erdo‘g‘on fevral oyi boshida Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bu masalani muhokama qilgan.
Manbalarning qayd etishicha, Turkiya tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish bo‘yicha barcha maslahatlashuvlar va tayyorgarliklarda ishtirok etmasa, tinchlikparvar missiyalarda qatnashmaydi.
Anqaradagi uchrashuv
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shu oy boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ushbu imkoniyatni muhokama qilgan, deya xabar beradi manbalar. Ular, shuningdek, Anqara faqat Ukrainada tinchlikparvar missiyani shakllantirish bo‘yicha barcha aloqalarda ishtirok etish sharti bilan tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor bo‘lishini ta’kidlagan.



