$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasini bog'lovchi yashirin yerosti yo'llari aniqladi

Tunel

Har ikki yerosti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan bo'lib, kengligi 70-80 sm.ni, balandligi esa 170-180 santimetr bo'lsa, birinchisining uzunligi 350 metrni, ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qilgan.

DXX reydi samarasi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib o‘tish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani ma'lum bo'ldi. 

Savdo tunneli

Dastlab Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi yerosti yo‘li orqali O‘zbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib o‘tib, yurtimizdan esa 1 kg. 745 gr. oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon shahridagi boshqa sheriklari aniqlangan hamda ularga tegishli 10 ta manzil ko‘zdan kechirilganida, mazkur yerosti yo‘laklari orqali olib o‘tilgan mobil telefon apparatlari, planshet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo'yilgan.

Yerosti yo'llari 

Ta’kidlash kerakki, har ikki yer osti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm.ni, balandligi 170-180 sm.ni, birinchisining uzunligi 350 metrni, ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qilgan.Tezkor tadbir davomida, guruh a’zolaridan dastlabki qiymati 11 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi jami 3 813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va mingdan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg. 745 gr. oltin yombi va zargarlik buyumlari olingan.

"Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi DXX axborotida.

Теги :
Jamiyat