$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Sirdaryo va Namangan viloyatining bir qismi Toshkent viloyati tarkibiga oʻtadi

tuman

Toshkent viloyatining Sirdaryo, Namangan bilan chegara hududlarida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilindi.

Qanday oʻzgarishlar amalga oshiriladi?

Unga ko‘ra, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:

Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;

Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 36,8 ga);

Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 12,5 ga).

Mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Qibrayning Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilishi 

Maʼlumot uchun, 2021-yil may oyida Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi aytilgan edi. Bu haqda Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Qibray tumanidagi mahallalar

Hozirda Qibray tumanidagi:

Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;

Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkazilgan.