8 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd. dollarga yetdi
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mlrd. AQSH dollar koʻp.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd. AQSH dollariga yetgan.
TSA 6,6% oshgan
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 6,6 % ga oshgan.
188 ta mamlakat bilan savdo aloqalari
Agentlikning dastlabki maʼlumotlariga qaraganda, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston jahonning 188 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Asosiy hamkori Xitoy
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,8 %), Rossiya (18,2 %), Qozog‘iston (6,2 %), Turkiya (4,6 %) va Koreya Respublikasida (3,1 %) qayd etilgan.
Eksport – 17,3 mlrd;
Import – 25,4 mlrd.
2023-yilgi koʻrsatkichlar
O‘zbekiston 2023-yilda jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 foiz), Rossiya (15,8 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreyada (3,7 foiz) qayd qilingan. Shundan:
eksport – 24,4 milliard (23,8 foizga oshgan)
import – 38,1 milliard (24 foizga oshgan).



