$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda transport vositalarining importi tartibga solinadi

O

2-avgust kuni "O‘zstandart" (Texnik tartibga solish agentligi) binosida avtomobil importi bilan shug‘ullanuvchi rasmiy dilerlar bilan avtomobilsozlik sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatni agentlik rahbari Akmal Jumanazarovning o‘zi olib bordi. Avvalroq avtotransport vositalari importi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ijtimoiy tarmoq orqali prezidentga qilgan murojaatlarida transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda muammolarga duch kelishayotganligini iddao qilishgandi. Tadbirkorlar bilan suhbat davomida ushbu muammolar atroflicha o‘rganilib, ularga umumiy fikrlar va jahon tajribasidan misollar keltirilgan holda yechim izlashga urinildi.

Jahon tajribasi

Har bir sohaning rivojlanishi, iste’molchi manfaatlarini ta’minlash, ichki bozorni himoya qilish, xususan, transport vositalarining importini texnik tartibga solish jarayonlarini yanada takomillashtirishda xalqaro tajribani o‘rganish va uni amaliyotda qo‘llash orqali ijobiy natijaga erishish ehtimoli yuqori. O‘zbekistonda avtotransport vositalari importini tartibga solish, aholi va tadbirkorlarni sifatli transport bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishda xalqaro tajribalar o‘rganilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi hududiga transport vositalarini olib kirish va ushbu hududda realizatsiya qilish ishlab chiqaruvchi va uning rasmiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, transport vositasi turini ma’qullash hujjati rasmiylashtirilgan transport vositalariga ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati asosida ichki bozorda realizatsiya qilinishi mumkin. Turkiya davlatida esa transport vositalarining turi ma’qullangandan so‘ng, transport vositasi uchun belgilangan barcha sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari muvofiq topilganda realizatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, ushbu tartib Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlarda ham mavjud bo‘lib, a’zo davlatlar transport vositalarining muvofiqligini TR TS 018 texnik reglamenti asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi taklifi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan taklif etilayotgan yangi loyihada aholining hayoti va sog‘ligi hamda tabiiy iqlim sharoitiga muvofiq bo‘lgan transport vositalarini muomalaga chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, yangi transport vositalarini sotish yuridik shaxslar, ishlab chiqaruvchi korxonaning rasmiy vakili tomonidan amalga oshirish tartibini qayta tiklash va turini ma’qullash hujjati asosida amalga oshirish, erkin muomalaga texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lgan turi ma’qullangan transport vositalarini chiqarish, bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyoji uchun import qilingan bir birlikdagi transport vositasi turini ma’qullash hujjati mavjud bo‘lganda sertifikat asosida amalga oshirish, bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish normasi transport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslik hamda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash, va turini ma’qullash hujjati yoki muvofiqlik sertifikatini qo‘llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishini man qiladi.

Amaldagi qonunchilik

Ayni vaqt Respublikamizda transport vositalarining muvofiqligini baholash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament asosida amalga oshiriladi. Reglamentning 5-bandiga asosan muomalaga chiqarilayotgan transport vositalarining muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar transport vositasining turini ma’qullash va muvofiqlik sertifikati (yagona transport vositasi uchun) hisoblanadi. Ko‘rish mumkinki, bunda yetkazib berilayotgan avtotransport vositalariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish‚ kafolat muddati doirasida bepul servisni taqdim etish‚ ehtiyot qismlari bilan uzluksiz ta’minlash masalalarini ochiq qolishiga sabab bo‘lmoqda. 

Ichki muammolar

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyoji uchun import qilingan bir birlikdagi transport vositasini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan tartibda respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlariga mosligi, frontal va yon to‘qnashuvda haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilish sinov ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanmasdan amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi. O‘tgan 2023-yil davomida 62 748 ta transport vositasiga 61 372 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilgan bo‘lib, ushbu sertifikatlarning 60 451 tasi jismoniy shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan. Bunda, transport vositalarini realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, transport vositasiga transport vositasi turini ma’qullash hujjatini rasmiylashtirish jarayonidan qochib, bir to‘pdagi transport vositasining har birini boshqa jismoniy shaxslar nomiga o‘tkazgan holda (Bojxona kodeksining 96-moddasi) muomalaga chiqarib, ichki bozorda realizatsiya qilinmoqda.

Muammolarga yechim va takliflar

Amaldagi muammolarni bartaraf etish, transport vositalarining importini tartibga solish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:

1. Turini ma’qullash hujjati yoki muvofiqlik sertifikatini qo‘llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi (muvofiqlik sertifikatining egasi) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishini man etish.

2. 2024-yilning 1-aprel kunidan bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish normasini avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaslik va bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan avtotransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash;

3. Respublikaga import qilingan yangi avtotransport vositalarini reglament talablariga to‘liq muvofiqligi baholanib, turi ma’qullangandan so‘ng muomalaga chiqarish. Bunda, bir kalendar yil davomida o‘z ehtiyoji uchun olib kelingan bir birlikdagi avtotransport vositasi mustasno.

4. Respublikaga import qilingan yangi avtotransport vositalarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarining rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirish tizimini qayta tiklash.

Bu jarayonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, chetdan olib kelinayotgan avtotransport vositalari importini tartibga solish orqali iste’molchi manfaatlarni himoya qilish va ichki bozorda sifat va xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lgan transport vositalarining realizatsiya qilinishini ta’minlaydi.

Теги :
Iqtisodiyot