Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 76 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

Top-5 chempionatlaridan biri O‘zbekistonda translyatsiya qilinadi

Bu haqda, futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Top-5 chempionatlaridan biri O‘zbekistonda translyatsiya qilinadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati uchrashuvlari “Zo‘r TV” telekanalida namoyish etiladi. Bu haqda, sharhlovchi Xayrulla Hamidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. Shuningdek, yana bir sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ham ushbu xabarni tasdiqladi. Avvalroq UEFA superkubogi doirasidan o‘rin olgan “Real Madrid”—“Atalanta” uchrashuvi ham aynan shu kanalda namoyish qilingan edi. 

Ilk translatsiya

Ma’lumot uchun, bugun, 24-avgust kuni “Barselona” o‘z uyida “Atletik” klubini qabul qiladi. Katta ehtimol bilan uchrashuv “Zo‘r Tv” kanalida namoyish etiladi. Bunga qadar O‘zbekistonda xususiy telekanallardan “Uzreport TV” va “Futbol TV” ( hozirda “F TV”) top-5 chempionati o‘yilari huquqini xarid qilib, LaLiga hamda APL bahslari translyatsiyasini amalga oshirgan.