$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Bojxona qo‘mitasi raqamli transformatsiya reytingida 1-o‘rinni egalladi

Bojxona

O‘zbekistondagi tashkilotlar o‘rtasida raqamli transformatsiya holati baholandi va reytingi shakllantirildi.

Bojxona 98,9 foiz raqamlashtirilgan

Undagi natijalarga ko‘ra, Davlat boshqaruv organlari orasida Bojxona qo‘mitasi 98,9 foiz natijani qayd etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Soliq qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi egalladi.

Xo‘jalik va hokimliklar orasida kim yetakchi

Reytingda respublikaning umumiy hisobda 91 ta ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etdi.

Xo‘jalik boshqaruv organlari orasida “Navoiy KMK” AJ va hokimliklar o‘rtasida Namangan viloyati hokimligi birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Reyting nima asosida tuziladi?

Mazkur reyting Vazirlar Mahkamasining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarori bilan amalga oshirilmoqda.

Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ochiqlik va elektron ishtirok, elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi hamda faoliyatning raqamlashganligi indekslari asosida amalga oshiriladi.

Теги :
Jamiyat