$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda transfer oynasi yopildi: Superliga jamoalari 72 nafar legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Paxtakor

25-fevral kuni soat 23:59 dan so‘ng O‘zbekistonda qishki transfer oynasi rasman yopildi. Har doimgidek so‘nggi kunda ham bir qator qiziqarli voqeliklar yuz berdi. Quyida Superliga—2025 va yakunlangan transfer oyinasi haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. 

Superliga klublari ro‘yxatdan o‘tkazgan xorijlik futbolchilar haqida

Yakunlangan transferlardan so‘ng O‘zbekiston Superligasi uchun klublar 21 ta mamlakatdan 72 nafar legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan 72 ta legionerning 30 tasi Superligamiz uchun yangi hisoblanadi. Superligada o‘ynaydigan legioner futbolchilarning 4 tasi darvozabon, 20 tasi himoyachi, 26 tasi yarim himoyachi, 21 tasi hujumchi hisoblanishadi. Ularning umumiy qiymati 20 million 875 ming yevroni tashkil etadi. 

Legionerlarning davlatlar miqyosidagi taqsimoti

Yangi mavsum uchun jamoalar Shimoliy Makedoniya, Ispaniya, Belarus Respublikasi, Janubiy Sudan, Kosovo, Iroq, Kot-d’Ivar, Kolumbiya mamlakatlaridan 1 tadan legioner futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Qolgan legioner futbolchilarning davlatlar miqyosidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Serbiyadan - 12 ta
  • Braziliyadan - 8 ta
  • Gruziyadan - 7 ta
  • Rossiyadan - 6 ta
  • Chernogoriyadan - 6 ta
  • Tojikistondan - 5 ta
  • Xorvatiyadan - 4 ta
  • Ukrainadan - 4 ta
  • Yaponiyadan - 3 ta
  • Albaniyadan - 3 ta
  • Bosniyadan - 2 ta
  • Nigeriyadan - 2 ta
  • Ganadan - 2 ta

Eng qimmat legionerlar

Superliga jamoalari ro‘yxatdan o‘tkazgan xorijlik futbolchilar orasidagi eng qimmat futbolchilardan iborat Top—10lik quyidagicha hosil bo‘ladi:

  • 1.Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") - 1,2 million yevro
  • 2.Islam Mashukov ("Andijon") - 750 ming yevro
  • 3.Vladimir Yovovich ("Neftchi") - 750 ming yevro
  • 4.Zoir Jo‘raboyev ("So‘g‘diyona") - 700 ming yevro
  • 5.Ehsoni Panshanbe ("So‘g‘diyona") - 600 ming yevro
  • 6.Bashar Resan ("Paxtakor") - 600 ming yevro
  • 7.Flamarion ("Paxtakor") - 600 ming yevro
  • 8.Yovan Jokich ("Neftchi") - 600 ming yevro
  • 9.Zoran Marushich ("Neftchi") - 600 ming yevro
  • 10.Brayan Riaskos ("Paxtakor") - 550 ming yevro
Теги :
Jamiyat