$
 12621.29
-103.87
 14596.52
88.57
 158.44
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Eldor Shomurodov qaysi jamoa safida mavsumni boshlaydi?

Shomurodov

O‘zbekiston OTJ Olimpiya o‘yinlaridagi faoliyatini yakunlagach, yana futbolchilarning klublaridagi faoliyati kun tartibiga chiqmoqda. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov mavsumni qaysi jamoada boshlashi hali aniq bo‘lib ulgurmadi. 

“Roma”ning sardinyaliklarga taklifi

Transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan 28 yoshli forvard mavsumni ijara asosida “Kalyari”da o‘tkazdi. Sardiniya va Rim klublarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, “Kalyari”da Eldor Shomurodov transferini yana 9 million yevro to‘lab to‘liq sotib olish huquqi bor edi, ammo klub bunday imkoniyatga ega emas. Hujumchi orol jamoasida chuqur iz qoldira olmadi, 24 uchrashuvda uchtadan gol va assist qayd etdi. 

Yangi muzokaralar

Endilikda futbolchimizga A seriyaning boshqa jamoasi qiziqayotganligi ham ma’lum bo‘ldi. La Gazette della Sport xabariga ko‘ra, "Verona" klubi "Roma" va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni vaqtinchalik ijaraga olish muzokaralar olib bormoqda. O‘z navbatida "Roma" ham keyingi transfer investitsiyalari uchun yaxshi foyda keltiradigan futbolchilar savdosiga muhtoj. Yana bir nashr, Romapress xabarida esa Shomurodov yana "Roma"ni vaqtincha tark etishi mumkinligi hamda hech bir jamoa uni doimiy ravishda qo‘lga kiritishni istamayotgani qayd etiladi. 

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2020-yilning oktyabridan beri A Seriyada o‘ynamoqda. Tajribali hujumchimiz “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” jamoalari safida jami 100 dan ortiq uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘ygan.