Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +10°

Muzokaralar so‘nggi bosqichda: Husanov deyarli “Manchester Siti” futbolchisi

Insayder Fabritsio Romano Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi ishlari yakunlanishiga oz vaqt qolganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Muzokaralar so‘nggi bosqichda: Husanov deyarli “Manchester Siti” futbolchisi

Insayder Fabritsio Romano Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi ishlari yakunlanishiga oz vaqt qolganini ma’lum qildi. 

Shartnoma imzolanish arafasida 

Sky Sport nashriga ko‘ra, “Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferi borasida “Lans”ga jiddiy taklif yuborgan. APL chempioni 20 yoshli himoyachi uchun bonuslar bilan birga 50 mln. yevro to‘lashga tayyor. Ushbu transferga O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi ham xayrixoh. Yana bir insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Husanov ingliz klubi bilan besh yillik shartnoma tuzadi. Avvalroq fubolchiga “Real Madrid” “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Lester”, “PSJ”, “Leypsig” va “Atletiko” klublari ham qiziqish bildirgani ma’lum qilingandi. 

Husanov haqida

O‘zbekistonlik markaziy himoya vakili o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan yoshlikdan e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Belarusdagi “Energetik-BGU” Minsk klubidagi o‘yinlari sabab 2023-yil yozida “RK Lans” uni atigi 100 000 yevro evaziga transfer qiladi. Husanov ilk mavsumidayoq 15 ta o‘yinda maydonda harakatlana oladi. 1,86 metr bo‘yi va 84 kilogramm vazni bilan u nafaqat duellarda ishonchli, balki hujumchilarga qarshi tezkorligi bilan ham ajralib turadi.