Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

“Bu yil Tracker-2, kelasi yil boshida esa Onix’ni taqdim etamiz” — UzAuto Motors bosh direktori

UzAuto Motors bu yilda yangi Chevrolet Tracker, kelasi yil boshida esa Chevrolet Onix’ni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Bo Andersson xabar berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

“Bu yil Tracker-2, kelasi yil boshida esa Onix’ni taqdim etamiz” — UzAuto Motors bosh direktori

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala modelda ham oltita xavfsizlik yostiqchasi mavjud, ular YTHga chidamlilik bo‘yicha besh yulduzli reytingga ega.

Ushbu avtomobillar zamonaviy ko‘ngilochar tizim, Wi-Fi va to‘xtashga yordam beruvchi datchik bilan jihozlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix yoqilg‘i sarfi jihatidan juda tejamkor - 100 kilometrga 6 litr, — deydi Andersson.

Avvalroq 2021-yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker-2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgani haqida xabar berilgan edi.

reklama xuqiqi asosida