$
 12085.56
33.51
 13870.60
-114.6
 164.52
-0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi oila qurganlar uchun jannatmakon maskan: Turkiya romantik sayohatlarning bosh yo‘nalishiga aylandi

Istanbul

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2030-yilga borib turizm bozorining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri aynan asal oyi sayohatlari bo‘ladi. Bugungi kunda yosh juftliklar shunchaki hordiq chiqarishni emas, balki unutilmas taassurotlar va yorqin his-tuyg‘ularga boy asal oyini afzal ko‘rishmoqda. Bu esa mijozning xohish-istaklariga alohida yondashish hamda yuqori darajadagi qulaylikka bo‘lgan talabning ortib borayotgani bilan bog‘liq.

So‘nggi yillarda Turkiya romantik sayohatlar uchun eng ommabop maskanlardan biriga aylandi. Qulay aviareyslar, rivojlangan turizm infratuzilmasi va hordiq chiqarish turlarining rang-barangligi bu mamlakatni yosh kelin-kuyovlar uchun juda jozibador qilib ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, betakror plyaj kurortlari, jahon andozalariga mos golf maydonlari va gastronomik sayohat yo‘nalishlari Turkiyaning turizm salohiyatini yanada oshirmoqda.

Antaliya — dengiz bo‘yidagi hashamat va osoyishtalik

Анталия — самый популярный курорт Турции. Не верите? Посмотрите на факты -  Журнал Виасан

O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan Antaliya o‘zining yumshoq iqlimi va cheksiz plyajlari bilan dong taratgan. Bu yerda ulkan mehmonxona majmualari, shinam xususiy villalar va ko‘zdan yiroq, sokin kurortlar o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi.

Yaxtalardagi sayr, dengiz ekskursiyalari va quyosh botishining go‘zal manzarasi ta’tilga o‘zgacha bir tarovat bag‘ishlaydi. Shuningdek, hudud tarixiy merosga ham juda boy: ko‘hna qadamjolar, arxeologik yodgorliklar va qadimiy shaharlar tarix ixlosmandlarini o‘ziga ohanrabodek tortadi.

Mug‘la — Egey dengizi sohilidagi romantika

Мугла: интересные места, города и достопримечательности …

Bodrum, Marmaris va Fetxiye kabi go‘shalarni o‘z ichiga olgan Mug‘la viloyati Turkiyaning eng asosiy sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Yozgi mavsumda bu yerda sayyohlar oqimi juda ham gavjum bo‘ladi.

Ayniqsa, Bodrum o‘zining go‘zal tabiat manzaralari, zamonaviy mehmonxonalari va rivojlangan infratuzilmasi bilan ajralib turadi. SPA-markazlari va an’anaviy turk hammomlari hordiqni yanada yoqimli qilsa, turli lazzatli taomlar yo‘nalishlari va festivallar shaharga o‘zgacha bir jonlilik bag‘ishlaydi.

Istanbul — tarix va zamonaviylik tutashgan manzil

Достопримечательности Стамбула – что посмотреть в столице Турции

Istanbul asrlar davomida turli sivilizatsiyalar beshigi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda shahar o‘zining boy tarixiy merosi va shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy hayotini hayratlanarli darajada uyg‘unlashtira olgan.

Ayo Sofiya, To‘pqopi saroyi va son-sanoqsiz muzeylar shaharning madaniy qiyofasini belgilaydi. Nishantoshi, Bag‘dod ko‘chasi hamda Mashhur sharq bozori (Kapali charshi) esa sayr qilish va xaridlar (shoping) uchun eng sevimli maskanlar bo‘lib qolmoqda.

Kappadokiya — romantika uchun eng mukammal makon

Волшебная Каппадокия и полёты над Долиной Любви (Турция)

Kappadokiya o‘zining g‘ayritabiiy landshaftlari va tarixiy obidalari bilan mashhur. Tog‘lar bag‘ridagi g‘or-shaharlar va "afsonaviy mo‘rilar" (tabiiy tosh minoralar) allaqachon ushbu hududning tashrif qog‘oziga aylangan.

Tong saharda havo sharlarida parvoz qilish bu yerda alohida ommaboplikka ega. Yer osti shaharlari, qadimiy cherkovlar va maftunkor vodiylar bu yerda boshqa hech bir joyga o‘xshamaydigan betakror muhitni yaratadi.

Теги :
Jamiyat