$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Haydovchilar uchun yangi "to‘siq"

 Haydovchi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Sog‘liqni saqlash vazirligining “Yo‘l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi (ID-101017) buyrug‘i loyihasi qo‘yilgan. Jamiyatda qonun sifatida kuchga kiradigan mazkur buyruq loyihasi yana bir monopoliyaning kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkin.


Buyruq bandlaridan parcha

Buyruq boshidagi bandlarga nazar tashlaymiz. 

1. Yo‘l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning o‘zida tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam (birinchi tibbiy yordam) ko‘rsatishdan, shuningdek yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

2. Birlamchi shoshilinch yordamni voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarligidan o‘tgan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi. Bunda birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolardan foydalaniladi.

3. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga quyidagilar kiradi:

- ichki ishlar xodimlari;

- harbiy xizmatchilar;

- milliy gvardiya xodimlari;

- favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari;

- avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar.

Yangi majburiyat

Ushbu buyruqdan ko‘rinib turibdiki, mashina haydovchilari uchun yana bir qo‘shimcha majburiyat yuklanmoqda. Buyruqning 3-bandida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar ro‘yxatiga kuchishlatar tizimlar kiritilib, oxiriga “avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar” so‘zi ham qo‘shib ketilgan. O‘z-o‘zidan mashina haydaydigan barcha O‘zbekiston fuqarosi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi shart degan ma’noni anglatadi. Ya’ni, buyruq kuchga kirsa, mashina haydovchilari haydovchilik guvohnomasi bilan birga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligini isbotlovchi maxsus sertifikat olib yurishga ham majbur bo‘lishadi.

Navbatdagi Xo‘jako‘rsin?

Maxsus sertifikat esa shundayligicha haydovchining qo‘liga tutqazib qo‘yilmasligi aniq. U ham falon million so‘mga bir yoki ikki haftaga o‘qitilib beriladi. Aslida bunda haqiqatdan o‘qigani ham muhim emas. O‘qisa-o‘qimasa ham “o‘qidi” degan bir parcha qog‘oz savdosi avj oladi. Yo‘llarda GAI xodimi talab qiladigan qonuniylashtirilgan noqonuniy bir parcha qog‘ozning narxi esa millionlarni tashkil etishi aniq. Buyruqning keyingi bandlariga qaraladigan bo‘lsa, haydovchi bilishi shart bo‘lgan tibbiy yordamlar qatoriga Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tiladigan darslarning barcha yo‘nalishlari kiritilgan.

Теги :
Iqtisodiyot