Maydalangan tosh haqi undirib berildi
Qoraqalpogʻistonda faoliyat yurituvchi “Uchqur tosh“ MChJ rahbari qarzdorlikni undirib berishda amaliy yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yurituvchi “Uchqur tosh“ (nomi oʻzgartirilgan) MChJ rahbari qarzdorlikni undirib berishda amaliy yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Xizmat haqi toʻlanmagan
Ma'lum boʻlishicha, korxona qurilish materiali qazib olish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Shartnoma asosida Moʻynoq tuman yoʻllardan foydalanish korxonasiga maydalangan tosh yetkazib berilgan. Biroq, bir necha marotaba murojaat qilinsa-da, toʻlovlar amalga oshirilmagan.
Undirib berilgan 185 mln. soʻm
Qoʻngʻirot tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-maydagi qaroriga koʻra, “Uchqur tosh“ MChJ foydasiga “Moʻynoq tuman yoʻllardan foydalanish“ korxonasidan 185 mln. soʻm undirilishi belgilangan boʻlsa-da, qaror qabul qilingandan keyin bir yil davomida ijro etilmadi.
Biznes-ombudsmanning yordami bilan Majburiy ijro byurosining Moʻynoq tuman boʻlimi tomonidan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatildi. Ijro harakatlari davomida qarzdorlik toʻliq undirilib, “Uchqur tosh“ MChJning hisob raqamiga oʻtkazildi.



