$
 12101.84
53.0
 13811.83
70.13
 153.75
0.87
weather
+26
Кечаси   +14°

Toqayev Ukrainadagi urushni toʻxtatishni taklif qildi

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Omskda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi nizoni “muzlatib qoʻyish” hamda diplomatik muloqotga qaytish zarurligini taʼkidladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Urushni davom ettirish oʻrniga “Istanbul 2.0”

Toqayevning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda AQSH va Yevropa mamlakatlaridan nizoni hal etish boʻyicha turli ishoralar kelib tushmoqda. U ushbu mavzuni Vladimir Putin bilan muhokama qilganini va “Istanbul 2.0” muzokaralar formatiga qaytish vaqti keldi, deb hisoblashini bildirdi.

“Ehtimol, ushbu nizoni toʻxtatib, 'Istanbul 2.0' formulasiga qaytish fursati yetgandir, ”— dedi Qozogʻiston prezidenti.

“Bu nizoni tushunish juda mushkul”

Toqayev Qozogʻiston Ukraina xalqini, uning tili va madaniyatini hurmat qilishini, biroq bugungi ixtilofning asl mohiyatini anglash qiyin kechayotganini taʼkidladi.

U bunga misol tariqasida Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi qarama-qarshilikni keltirib oʻtdi. Toqayevning qayd etishicha, u yerdagi nizo sabablari ancha tushunarli edi, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush esa ancha murakkab xarakterga ega.

Alyaskadagi muzokaralarga berilgan baho

Qozogʻiston prezidenti, shuningdek, Vladimir Putin Alyaskada AQSH vakillari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda maksimum darajada diplomatik moslashuvchanlik koʻrsatganini aytdi.

Uning fikricha, ushbu muloqotlar muayyan ijobiy natijalarni berdi va muzokaralar jarayonini davom ettirish uchun zamin boʻlishi mumkin.

“Bunga chek qoʻyish vaqti keldi”

Toqayev urushning asosiy jabrlanuvchilari odamlar, ayniqsa, yoshlar boʻlayotganini alohida urgʻoladi.

Shu bilan birga, u Qozogʻiston nizo tarafi emasligini va har xil daʼvatlarga qaramay, vositachilik rolini oʻz zimmasiga olmoqchi emasligini bildirdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya oʻz kun tartibidagi masalalarni vositachilarsiz, mustaqil ravishda hal qilishga qodir.

Теги :
Jamiyat